IT Park University yangiliklari

IT Park University EPAM Georgia’da stajirovka dasturini e’lon qiladi

IT Park University 1- va 2-kurs bakalavriat talabalari uchun 2025-yil 11-maydan 20-maygacha Gruziyadagi EPAM ofislarida eksklyuziv stajirovka imkoniyatini e’lon qilishdan mamnun. Bu xalqaro IT-muhitga sho‘ng‘ish, sanoat mutaxassislari bilan ishlash, amaliy bilim olish va o‘quv dasturini boyitish uchun noyob imkoniyatdir. Shuningdek, ishtirokchilar Gruziyaning yetakchi IT-kompaniyalari ofislariga tashrif buyurib, professional ko‘nikmalarini kengaytirish va yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kvotalar va saralash mezonlari

Joriy yilda 14 ta o‘rin ajratilgan:
  • 8 ta grant asosidagi o‘rin:
6 tasi 1-kurs talabalari uchun
2 tasi 2-kurs talabalari uchun
Shundan 2 ta o‘rin, kursidan qat’i nazar, faqat qiz talabalar uchun ajratilgan

  • 2 ta qisman grant asosidagi o‘rin
(stajirovka narxining 50% qoplanadi, tanlov reyting asosida)

  • 4 ta to‘liq o‘z hisobidan moliyalashtirish asosidagi o‘rin
(stajirovka narxining 100% qoplanadi, tanlov reyting asosida)

Nomzodlar uchun talablar

  • 18 yosh va undan katta bo‘lishi
  • Amaldagi xorijiy pasport yoki uni olish uchun ariza topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat
  • 1- yoki 3-semestrni muvaffaqiyatli tamomlash va yaxshi akademik natijalarga ega bo‘lish
  • Har qanday intizomiy jazolar mavjud emasligi
  • Ingliz tilida motivatsion video tayyorlash va topshirish (unda o‘zingiz haqingizda so‘zlab, nega aynan siz stajirovka uchun tanlanishingiz kerakligini tushuntirishingiz lozim)
Videoga texnik talablar:
  • Vertikal format
  • Ruxsat etilgan o‘lcham: 1080x1920
  • Davomiylik: 60 sekundgacha
  • Format: MP4

Arizalarni baholash mezonlari

  • Akademik natijalar – 10 ballgacha

  • Motivatsion video – 10 ballgacha:
Mazmunning aniq va dolzarbligi – 6 ballgacha
Nutqdagi ishonchlilik – 2 ball
Kreaktivlik va original yondashuv – 1 ball
60 soniyalik vaqt chegarasiga rioya qilish – 1 ball

  • O‘quvdan tashqari faoliyat – 3 ballgacha:
Respublika miqyosidagi IT-tadbirlarida ishtirok – 1 ball
Xalqaro IT-tadbirlarida ishtirok – 2 ball

Ariza topshirish muddati

Arizalar 27-mart 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish shakli orqali qabul qilinadi. Ushbu muddatgacha xorijiy pasport yoki uni rasmiylashtirish jarayoni to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etish lozim.

Muhim

Stajirovka sanasi va joylashuvi tashkilotchilar qaroriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Bu stajirovka — professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish va karyerangizda muhim qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat!