Yutuqlarimizni siz bilan baham ko’rishda davom etamiz: Suxrob Haydarov — ITPU faxri!
IT Park University 2-kurs talabasi va Tashkent IT Park mobil robototexnika bo‘limi katta menejeri Suxrob Haydarov WorldSkills Central Asia 2024 ko‘rgazmasining “Avtonom mobil robototexnika” nominatsiyasida turli mamlakatlardan kelgan 17 jamoa o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi.

WorldSkills xalqaro mahorat tanlovi bo‘lib, unda yosh mutaxassislar o‘z mahorat va malakalarini namoyish etadilar.

Suxrob jamoasi meva va sabzavotlarni inson aralashuvisiz avtonom terib oladigan robot ishlab chiqdi. Bu g‘alaba Tayvanda bo‘lib o‘tadigan WorldSkills Asia 2025 musobaqasiga yo‘l ochdi.

Biz Suxrob bilan faxrlanamiz va unga xalqaro maydonda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!