IT Park University yangiliklari

IT Park universiteti talabasi abituriyentlar uchun AI botini yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida maqolada o‘qing.

Roman Kolesov boshqa universitetning chet el filologiyasi fakulteti talabasi bo‘lgan davridayoq, IT yo‘nalishida oliy ma’lumot olish haqida o‘ylay boshlagan. Uning soʻzlariga koʻra, 2021-yilgi lokdaun axborot texnologiyalari va masofaviy oʻzaro aloqa imkoniyatlarini ochib berdi. Roman IT Park University’ni 2 asosiy sababga ko‘ra tanladi:

  • qulay gibrid ta’lim formati — onlayn ma’ruzalar va oflayn imtihonlar;
  • ta’sischilaridan biri – EPAM Systems, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchisi.

IT Park University’ning boshqa afzalliklari qatorida:

- amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim;

- EPAM Systems’ning chet davlatlardagi ofislarida amaliyotlar;

- o‘qish 3 yil davom etadi;

- ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari - xalqaro kompaniyalarning amaldagi, xorijiy mutaxassislari.

Birinchi semestr natijalariga ko‘ra, Roman IT Park University’ning TOP -10 talabalari qatoriga kirdi.
Abituriyentlar savollariga javob beruvchi, chat-bot loyihasi

Bot IT Park University’ga kirish haqidagi savollar bo‘yicha abituriyentlarga konsultatsiya beradi. Savollarni 3 ta tilda berish mumkin: o‘zbek, ingliz, rus. SI’dan foydalanish javobni kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, shuningdek, qabul komissiyasi ishini yengillashtiradi. Javoblardan kutilayotgan aniqlik — 95%.

ChatGPT — OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, sun’iy intellektga ega chat-bot. U 2022-yil, 30-noyabrda ishga tushirilgan va o‘zining keng qamrovli imkoniyatlari bilan e’tiborni tortgan: kod yozish, matnlar yaratish, tarjima qilish, aniq javob olish va javoblar uchun kontekstdan foydalanish imkoniyatlari.

OpenAI — mashinaviy o‘qitishga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish va litsenziyalash bilan shug‘ullanuvchi, Amerika kompaniyasi. Asoschilaridan biri — Ilon Mask.

Kelib chiqishi: g‘oya qanday paydo bo‘ldi

“ChatGPT trend bo‘lishni boshlaganda, men sun’iy intellekt imkoniyatlarini sinab ko‘rishni istadim va SI kiritilgan sayt yaratdim. G‘oyaning istiqbolini baholab, fidbek berishlari uchun, IT Park University bosh direktori Bohodir Ayupovning oldilariga bordim.

Teams bilan qo‘ng‘iroqlashish vaqtida, men yaratgan saytni muhokama qildik va uni IT Park University’da axborot texnologiyalarni joriy etish uchun javobgar, operatsion direktor Mixail Bogatiryevga ko‘rsatishga qaror qildik. Mixail g‘oyamni real hayotga tatbiq etishning bir nechta usullarini o‘ylab topdilar. Aynan ular menga ishimni amaliy, hayotiy qilishni maslahat berdilar, va men loyihamni universitetga kiruvchilar uchun moslashtirilgan botga aylantirishni istadim.” - deb bo‘lishdi Roman.

Mashinaviy o‘qitish: maqbul yechimlarni izlayapman
Mixail bir nechta texnologiyalarni o‘rganib chiqish va ulardan qay biri vazifalarni yaxshi yechishini tushunishni maslahat berdilar. Avvaliga, men modelni Fine Tuning yordamida o‘qitayotgandim, lekin bu texnologiya to‘g‘ri kelmadi.

Birinchidan, natijalar unchalik ham to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Xullas, javob berib bo‘lgach SI ma’lumotlarni ishlab chiqishda davom etdi, ammo ular savol mazmuniga aloqador emas edi. Agar qatorga cheklov qo‘ysam, vaziyat yaxshilanardi.

Ikkinchidan, qimmatga tushayotgan edi. O‘qitish davomida, modelga ma’lum miqdordagi ma’lumotni yuklash kerak. Buning uchun tokenlar kerak, Open AI’ning har bir tokeni esa ma’lum bir dollar turadi. OpenAI’da akkaunt ochilganda foydalanuvchi sinov uchun 5$ oladi, va bu summani men Fine Tune’ga sarfladim.

Keyin men ikkinchi akkauntni ochdim, yana 5$ olish va Few-Shot Learning’ni sinab ko‘rish uchun, universitet saytidagi FAQ’ga asoslangan promptlar (ko‘rsatmalar) yordamida o‘qitdim. Shu bosqichda ma’lum bo‘ldiki, FAQ qo‘shimchalarga muhtoj. Masalan, u yerda Foundation Studies — imtihonlarsiz kirish imkoniyatini beruvchi, tayyorlov semestri haqida ma’lumot yo‘q ekan. Mixail FAQ qayta ishlab chiqilishini shaxsan nazorat qildilar, bu menga promptlarni yaxshilash imkonini berdi.

Natijada, Few-Sjot Learning’da o‘qitish Fine Tuning’ga qaraganda arzonroq tushdi, javoblar esa aniqroq.

Aytganday, Mixail menga pullik akkaunt taqdim etdilar va men loyiha ustida to‘liq, cheklovlarsiz ishladim. Men o‘zim ham OpenAI pullik akkauntini sotib olmoqchi bo‘ldim, u oyiga 20$ turadi, ammo o‘zbek VISA kartasi yordamida buni qila olmadim. Menimcha, Yevropa yoki Amerika kartasi kerak.

Tanlov: ChatGPT 3.5 va ChatGPT 4.0

ChatGPT 3.5 va ChatGPT 4.0 o‘rtasidagi tanlovda, men birinchi versiyani tanladim, chunki u arzonroq, javob berishi esa xuddi shunday yuqori sifatda. Albatta, so‘rovlar qancha ko‘p bo‘lsa, akkauntdan shuncha ko‘p mablag‘ yechib olinadi. Biz kirish imtihonlari oldi so‘rovlarning keskin o‘sishini tahmin qilmoqdamiz. Ammo, chat-botga yuborilgan har bir so‘rov qimmat emasligi (2,600 tokengacha) tufayli, unchalik qimmatga tushmaydi.

Yana, men bot bir xil so‘zlar bilan javob berishini emas, balki dialogni boyitishini istadim. Shuning uchun, temperatura degan ko‘rsatgichni sozladim. U nolda turganda bot bir xil so‘zlar bilan javob beradi. Lekin, agar temperaturani ko‘tarilsa, foydalanuvchi bir savolning o‘ziga turlicha ifodalangan javoblar oladi. Albatta, mazmuni o‘zgarmay qoladi.

Til muammosi: ChatGPT o‘zbek tilini yaxshi tanimaydi

Avvaliga, men modelni so‘rov qaysi tilda berilgan bo‘lsa, ChatGPT’ga o‘sha tilda yuboradigan qilib sozladim. SI uni tushunib, o‘sha tilda javob qaytarishi kerak edi. Biz algoritmini 3 ta til uchun yozdik: o‘zbek, ingliz va rus. Ammo, SI o‘zbek tili bilan sust ishlaydigan bo‘lib chiqdi. Undan tashqari, ingliz tiliga qaraganda, o‘zbek va rus tilidagi so‘rovlar uchun ko‘proq tokenlar yechib olinadi.

Shu sababli, men Google Cloud API uladim. Jarayon mana shunday: foydalanuvchi so‘rov yuboradi, ChatGPT tilni aniqlaydi va ma’lumotni Google Cloud API’ga yuboradi. U savolni ingliz tiliga tarjima qiladi va sun’iy intellektga qaytaradi. ChatGPT javob beradi, Google Cloud API uni so’rovning asl tiliga qayta tarjima qiladi. Hozirda, ChatGPT’ga takroran murojaat qilishni olib tashlash ustida ishlamoqdaman. Google Cloud API ham tilni aniqlay oladi, shuning uchun men bu vazifani unga topshiraman, bu esa jarayonni tezlashtiradi. Bundan tashqari, bu nafaqat o‘zbek, rus, ingliz tillarida yordam ko‘rsatish imkonini beradi, axir Google juda ko‘p tillarni taniydi.

Natija: hayotga tatbiq etayotgan qaror

Birinchi g‘oyadan deploygacha (ishga tushirish) 2 hafta o‘tdi. Hozir, chat-botni universitet saytiga integratsiya qilish uchun, EPAM dasturchisi uni Java’da yozib chiqmoqda.

Men 11-iyun kuni, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinning O‘zbekistonga bo‘lgan tashriflari davomida, chat-botni namoyish qildim. Loyiha Arkadiyga yoqdi, ular birinchi kurs talabasi real mahsulot ishlab chiqayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim - IT Park University’ning asosiy prinsipi.

Aytgancha, bosh direktor Bohodir Ayupov ham demo-shaklini sinovdan o‘tkazdilar. Ular o‘zbek tilida bir qancha so‘rovlar kiritdilar, yana ataylab xatolar bilan. Bot barchasini tushunib, to‘g‘ri javoblar berdi.

Men uchun loyihaning eng qimmatli tarafi, tajribaga ega bo‘lish va SI mavzusiga chuqurlashishdadir. O‘ylaymanki, sun’iy intellektni kiritish — eng talab yuqori va istiqbolli qarorlardir. Loyiha mening bilimlarimni keskin oshirdi. Masalan, men yaqinda EPAM’dan xorijiy Summer Camp’da ishtirok etdim, va SI bo‘yicha vorkshoplarda ko‘p narsalarni bilardim. Yana Mixail aytishlaricha, EPAM’dagi Machine Learning global jamoasi men haqimda qiziqish bildirgan va mening kelajakdagi amaliyotlarim SI va mashinaviy o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

IT Park University bakalavriat dasturi bilan tanishish va sun’iy intellektga @itpu_bot telegram boti orqali savol berishingiz mumkin.