IT Park University maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini IT sohasida ta’lim olish imkoniyatlari va martaba istiqbollari bilan yaqinroq tanishtirish maqsadida bir qator uchrashuvlarni boshladi.

Birinchi tadbir 256-maktabda bo‘lib o‘tdi, unda 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari yig‘ildi. Biz taʼlim dasturlarimiz, IT sohasidagi istiqbollar va oʻqishdan soʻng talabalar uchun qanday imkoniyatlar ochilishi haqida suhbatlashdik.

Maktabingizga kelishimizni hohlaysizmi? Izohlarda yozing yoki biz borishimiz kerak bo’lgan maktabni belgilang! 🚀