Fazliddin Komilov — Prezident Tech Award mukofoti sovrindori!
IT Park University talabasi Fazliddin Komilov 4 yildan beri o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanib, Rossiya, AQSH va BAA studiyalari uchun 30 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.
Bu yil uning Fazliddin Games jamoasi SugarBoy o‘yini bilan 50 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, Prezident Tech Award-da 2-o‘rinni egalladi.
Bundan oldinroq Fazliddin va uning jamoasi GameDev Goethe tanlovida birinchi o‘rinni egallagan, shuningdek, o‘yinni PayMe bilan hamkorlikda chiqargan edi.
Bugun u 2025 yilda Steam-da o’z o’yinini chiqarishga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Fazliddinning muvaffaqiyati ITPU talabalarining yuqori natijalarga erishishga qodir ekanliklarining yana bir dalilidir!