IT Park University yangiliklari

IT Park University va Women in Tech hamkorlik memorandumi imzoladi

Biz g’urur bilan muhim yangilikni sizlarga ulashamiz: Women in Tech Uzbekistan va IT Park University o’zaro hamkorlik to’g’risida memorandumni imzoladilar.
Women in Tech — bu texnologiya sohasidagi ayollarni qo’llab-quvvatlash va imkoniyatlarini kengaytirish uchun tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
WiT va ITPU o’rtasidagi kelishuv mamlakatimiz IT-sohasidagi ayollarni qo’llab-quvvatlash va hamkorlik uchun asos yaratadi.
Ushbu hamkorlik — universitetimiz taraqqiyotining yangi bosqichi oldidagi muhim qadamdir. Biz har bir qiz va ayol o’z iste’dodlarini kashf etadigan va ishonch bilan olg’a siljishi mumkin bo’lgan inklyuziv kelajakni yaratish uchun kuchlarni birlashtirdik.