IT Park University yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligining stipendiyalari

IT Park University’dan xushxabar!

G‘urur bilan e’lon qilamizki, bizning uch nafar talabamiz — Sardor Saitqulov, Ziyodulla Bayxanov va Roman Kolesov Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohiblariga aylanishdi!

Biz talabalarimizning shu sovringa munosib bo‘lishlariga sabab bo‘lgan yutuqlari va mehnatsevarliklari bilan faxrlanamiz. Raqamli texnologiyalar vazirligiga yosh va istiqbolli isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Talabalarimizni tabriklaymiz va ularga kelajakda muvaffaqiyat va yangi g’alabalar tilaymiz!