IT Park University yangiliklari

Diskleymer: ITPU Assistant javoblari

IT Park University (keyingi oʻrinlarda “Universitet” deb yuritiladi) Telegram botda “ITPU Assistant” deb nomlangan yordamchi koʻrinishidagi qoʻshimcha funksiyani taqdim etadi, u abituriyentlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javob berish uchun sunʼiy intellektdan (SI) foydalanadi. Iltimos, ushbu hujjatni diqqat bilan oʻqing, chunki u javobgarlik va ushbu funksiyadan foydalanish haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

1. Foydalanish va cheklovlar: ITPU Assistant universitetning faqat joriy yilgi (2023) FAQ asosida, abituriyentlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javob berish uchun moʻljallangan. Yordamchi FAQ doirasidan tashqaridagi savollarni tahlil qilish qobiliyatiga ega emas va Universitet haqida eng soʻnggi yoki keng qamrovli maʼlumot manbai deb hisoblanmasligi kerak.

2. Sunʼiy intellekt: ITPU Assistant OpenAIʼning GPT-3.5 modeli kabi, sunʼiy intellektning ilgʻor algoritmlari bilan ishlaydi. Iltimos, yordamchi oldindan tayyorlangan maʼlumotlardan foydalanishini yodingizda tuting. ITPU Assistant kontekstni eslab qolmaydi va har bir savol toʻliq boʻlishi kerak.

3. Javobgarlikni inkor etish: ITPU Assistant tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqligini, dolzarbligini yoki toʻgʻriligiga kafolat bermaydi. Yordamchi tomonidan taqdim etilgan barcha maʼlumotlar faqat umumiy maʼlumot uchun moʻljallangan va Universitet haqidagi rasmiy maʼlumot manbai sifatida koʻrilmasligi kerak.

4. Javoblarning toʻgʻriligi: Aytib oʻtish muhimki, sunʼiy intellekt har doim ham savollarga javob berishda toʻliq aniqlikni taʼminlay olmaydi. Yordamchi xato qilishi, yoki noaniq maʼlumot berishi mumkin, ayniqsa savol jargonlardan foydalanilgan holda berilgan boʻlsa. Foydalanuvchilar har doim ITPU yordamchisidan olingan muhim maʼlumotlarni universitetning rasmiy manbalari bilan tekshirishlari lozim.

5. Javobgarlikning cheklanishi: ITPU Assistantʼdan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday zararlar, shu jumladan, boy berilgan imkoniyatlar, maʼlumotlarning yoʻqolishi yoki yordamchining noaniq javoblari natijasida vujudga kelgan moliyaviy yoʻqotishlar uchun Universitet javobgar emas.

6. Murojaat uchun maʼlumotlar: Agar sizda aniq va rasmiy javoblarni talab qiladigan savollar vujudga kelgan boʻlsa, yoki Universitet haqida qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling: +998555039999

Eslatma: ITPU Assistant abituriyentlar bilan muloqotni yaxshilash uchun moʻljallangan, ammo Universitet vakillari bilan rasmiy muloqot oʻrnini bosmaydi.

Hurmat bilan,

ITPU jamoas